Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi ko‘chalardan biri uzoq muddatga yopilmoqda

Toshkentdagi ko‘chalardan biri uzoq muddatga yopilmoqda

https://t.me/poytaxt_uz

Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida 20-oktyabr soat 00:00 dan 8-noyabr kuniga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga («Panelniy» mavzesi) o‘tish va qaytish (yo‘lning har ikki qatnov qismi) yopiq bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring