Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turdimov ishdan olinishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Turdimov ishdan olinishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi chog‘ida viloyat hokimi o‘zgarishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabarlarga Samarqand viloyati hokimining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi munosabat bildirdi.

«Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning boshqa ishga o‘tayotgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekani ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarda bunday asoslanmagan axborotni tarqatmaslik so‘raladi.

Viloyat rahbari o‘z faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda», deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring