Ucell kompaniyasida an’anaviy Donorlik kuni bo‘lib o‘tdi (foto)

Ucell kompaniyasida an’anaviy Donorlik kuni o‘tkazildi. O‘tgan yili ekspress-testdan 76 kishi o‘tgan bo‘lsa, bu yil ko‘rsatkich o‘sdi: Respublika qon quyish markazining sayyor brigadasi qon topshirish uchun kelgan 150 nafar ko‘ngillidan 112 nafarini tekshiruvga qo‘ydi, ulardan 92 nafari topshirish uchun tanlab olindi.
Har bir donor o‘nlab odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradigan 450 ml.dan qon topshirdi.
Tadbir hech qanday ko‘ngilsiz hodisalarsiz, ayni paytda do‘stona va hatto biroz quvnoq kayfiyatda o‘tdi. Qon topshirgan ishtirokchilarga madorlarini tiklashlari uchun shirinliklar va kompot solingan to‘plam berildi, tibbiy xodimlarga esa minnatdorlik sifatida Ucell tomonidan brendlangan suvenirlar topshirildi.
«Biz Ucell xodimlariga insonlar hayotini saqlab qolish va salomatligini asrashga qo‘shgan ixtiyoriy va beg‘araz hissasi uchun katta minnatdorlik bildiramiz», — dedi bosh hamshira Muhabbat Karimova.
Shunday qilib, Ucell nafaqat raqamli kelajakni rivojlantirish, balki jamiyat uchun muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter