Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ular Amir Temur maqbarasi oldida qasamyod qilgandi» — Mirziyoyev

«Ular Amir Temur maqbarasi oldida qasamyod qilgandi» — Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Amaldagi davlat rahbari o‘z nutqida jadidlar faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

— G‘oyat qiyin va og‘ir davrlarda ham ezgulik bayrog‘ini baland ko‘tarib maydonga chiqqan buxorolik Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Abduvohid Burhonov, singari fidoyi zotlar el-yurt dardi va taqdirini o‘ylab yashagan buyuk insonlar edi.

Ayniqsa, Turkiston jadidchilik harakatining dohiylaridan bo‘lgan arbob va adib, birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitratning bu boradagi xizmatlari tahsinga sazovordir.

O‘tgan asrning 20-yillarida turkistonlik 70 nafar yigit-qizni Germaniyaga o‘qishga yuborishda bu ulug‘ siymoning qanday katta rol o‘ynaganini sizlar albatta yaxshi bilasiz.

Fitrat chet elga jo‘nab ketayotgan talabalarni Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi oldida Vatan manfaatlariga sodiq bo‘lish haqida qasamyod qildiradi.

Qarang, qanday vatanparvarlik, fidoyilik namunasi bu! — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentlikka nomzod Mirziyoyev yig‘ilish davomida Buxoro shahrida Abdurauf Fitrat nomidagi o‘zbek tili va xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan ijod maktabi barpo etish taklifini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring