Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umra ziyoratiga qachondan ruxsat berilishi aniq bo‘ldi

Umra ziyoratiga qachondan ruxsat berilishi aniq bo‘ldi

Saudiya Arabistonining Jiddadagi xalqaro aeroporti sakkiz oylik tanaffusdan so‘ng umra va haj safarlari uchun maxsus terminallarini tayyorlamoqda.

Aeroport qirollikka keladigan ziyoratchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator ehtiyot choralarini ko‘rdi, deb xabar bermoqda Jidda shahrida joylashgan Okaz gazetasi.

Odamlarning ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun aeroportda kirish va chiqish joylari ajratiladi va ijtimoiy masofani cheklash choralari amalga oshiriladi, deb yozadi nashr.

Saudiya Arabistoni tashqarisidagi ziyoratchilarga Umra ziyoratini bajarish uchun 1 noyabrdan boshlab qirollikka borishga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring