Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urgutda Samarqanddagi eng yirik masjid foydalanishga topshirildi

Urgutda Samarqanddagi eng yirik masjid foydalanishga topshirildi

Urgut tumanida tumanning Mergancha mahallasida bunyod etilgan masjidning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Mazkur masjidning maydoni 1,06 gektarni tashkil etadi. Masjid ikki qavatdan iborat bo‘lib, 8 mingga yaqin namozxonni sig‘dira oladi. Masjidning o‘rtasida 36 metr balandlikda gumbaz qilingan. To‘rt burchagida 40 metr balandlikdagi to‘rtta minora qurilgan.

Bu yerda zamonaviy tahoratxona, imom xatib va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega 2 qavatli ma’muriy bino ham mavjud.

Qayd etilishicha, mazkur masjid Samarqand viloyatidagi eng yirik masjid hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring