Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yana bir bayram paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda yana bir bayram paydo bo‘ladi

Foto: Depositphotos

Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhokama etildi.

Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at sohalarini yuksaltirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi sifatida belgilangan.

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, teatr, musiqa, tasviriy san’at hamda boshqa san’at turlarini rivojlantirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalari davlatimizning ustuvor vazifalariga aylanib bormokda.

Shu ma’noda «O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalar izchil amalga oshirilayotganining yana bir tasdig‘idir.

Qonun bilan 15-aprel O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda.

Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz aynan mana shu bayram kunida «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni bilan takdirlanishi ko‘zda tutilgan.

Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring