Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaqf fondi Qoraqalpog‘istonning olis  21 ta hududida toza ichimlik suvi chiqardi

Vaqf fondi Qoraqalpog‘istonning olis  21 ta hududida toza ichimlik suvi chiqardi

Suv chiqarish ulkan ajrga sabab bo‘luvchi amal bo‘lib, xalqimiz asrlar davomida shu kabi ishlarni hashar yo‘li bilan amalga oshirib kelgan. Xuddi shunday savobli ish Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan Qoraqalpog‘istonda ham amalga oshirildi. Bu haqda «Xabar.uz» fondi matbuot xizmati xabar berdi.

Fond homiylarni jalb qilgan holda, ichimlik suvi tanqis bo‘lgan Qoraqalpog‘iston respublikasining 14 ta tumanidagi ovul va qishloqlarda 21 ta quduq va yer osti artezian suvlarini chiqardi va aholiga beg‘araz taqdim etdi.

Hadisi shariflardan birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:

«Chanqagan bir kishiga suv ikrom etganning amal daftariga yetmish yillik ibodat savobi yoziladi. Bu ikromni suv tanqis joyda qilganga hazrati Ismoil (a.s.) (bunga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) axli bayti ham doxil) avlodlaridan bir kishini kofir qo‘lidan qutqarganning savobi beriladi».

 Ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha sahovatpesha yurtdoshlarimizni Alloh taolo mukofotlasin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring