Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Vatanparvar” tashkiloti inspektori qo‘lga olindi

“Vatanparvar” tashkiloti inspektori qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Haydovchilik guvohnomasini olib berish va qayta tiklab berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Undv “Vatanparvar” tashkiloti Buvayda tumani bo‘limi inspektori Z.T. fuqaro T.Z.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib, “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.     

Shuningdek, Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.Sh. fuqaro A.Q.ning ishonchiga kirib, uning sud qaroriga asosan bekor qilingan haydovchilik guvohnomasini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qayta tiklab berish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring