Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi

Xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 18-aprel kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent islom universitetiga tashrif buyurib yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.

Barcha diniy konfessiya rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston islom akademiyasi va Toshkent islom universiteti o‘rnida Xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi, uning rahbari etib, shu paytgacha O‘zbekiston islom akademiyasi rektori vazifasida ishlab kelayotgan Ne’matulloh Ibrohimov tayinlandi.


Mavzuga doir:
Toshkent islom universiteti tugatildi


Adliya vazirligining «Huquqi axborot» kanalida ma’lum qilinishicha, N.Ibrohimovning yangi lavozimga tayinlanishi haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarori bugun, ya’ni 2018-yil 18-aprel kuni chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. «Xabar.uz» manbasining bildirishicha, tez kunlarda bu haqda Vazirlar Mahkamasining ham qarori qabul qilinishi kutilmoqda.


Mavzuga doir:
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va uning ikki nafar o‘rinbosari tayinlandi


 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring