Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fotoreportaj. Xo‘jailg‘orda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan megafestival

Fotoreportaj. Xo‘jailg‘orda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan megafestival

Foto: «Xabar.uz»

Buyuk cohibqiron, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 682 yilligi Amir Temur tavallud topgan qadimiy va navqiron qishloq — Xo‘jailg‘orda bu yil boshqacha nishonlandi.

Xalqaro darajada tashkil etilgan festivaldi «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri ham ishtirok etdi. U yerda Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi hamkorligida Xalqaro press-klubning «Xo‘ja ilg‘or qayta kashf qilingan tarix — yangi sayyohlik yo‘nalishi» mavzuida sayyor sessiyasi tashkil etildi.

Tadbir xalq sayli tusini oldi. Sahna atrofida milliy hunarmandlik namunalari, xalq o‘yinlari namoyishi, etnografik chiqishlar, Amir Temur davrini eslatuvchi uyg‘un kompozitsiya, o‘tovlar xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring