Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmlik qahramon yigit Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qoldi

Xorazmlik qahramon yigit Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qoldi

Foto: «Xabar.uz»

Qishning qoq chillasida bog‘otlik 21 yoshli Yoqubboy Do‘stmetov o‘z jonini xatarga qo‘yib, cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolgani haqida yozgandik.

Yaxshigina shov-shuv bo‘lgan mazkur voqelik sabab, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yigitga ish taklif qilib kelgani, biroq ungacha xaloskor tirikchilik uchun Rossiyaga ketganidan ham xabaringiz bor.

Ayni paytda Rossiya bo‘lib turgan Yoqubboy 26-yanvar kuni qornida paydo bo‘lgan qattiq og‘riqdan kasalxonaga tushdi. Maxsus tekshiruvdan so‘ng zudlikda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘n yil avval appenditsit tashxisi bilan jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘lgan yigitning ko‘richagi o‘rni qattiq yallig‘langan va yiring to‘plana boshlangan. Natijada Krasnodar o‘lkasi Markaziy shifoxonasi jarrohlari uning 15 sm. uzunlikdagi (yallig‘langan) ichagini kesib tashlashga majbur bo‘lishibdi.

Hozirda bemorning holati ancha yaxshi. Biroq yaqindagina Rossiyaga ishlagani kelib, hali biror yumush boshini tutishga ulgurmagan yigitning moddiy ahvoli qanday bo‘lishi ma’lum.

Xullas, kutilmagan ko‘ngilsizlikdan hamyurtimiz ancha qiyin vaziyatga tushib qolgan. Krasnodar o‘lkasidagi hamyurtlarimiz va boshqa savobtalab insonlar yurtdoshimizga imkon qadar yordam bersalar, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.

Aloqa liniyalari: +79002380132, yoki +998 99 749 98 75 raqamida IMO ochilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring