Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi shikoyatchi ayollarning hibsga olinganligi haqidagi xabarga izoh berdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi shikoyatchi ayollarning hibsga olinganligi haqidagi xabarga izoh berdi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qo‘mitaga shikoyat qilib kelgan ayollarning hibsga olinganligi yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha munosabat bildirdi. 

Izohga ko‘ra, holat qo‘mita hududidan tashqarida, trassada ro‘y bergan. Shu kuni ayollar qo‘mitagacha yetib kelmagan, xodimlar bilan uchrashmagan.

Keyinroq ma’lum bulishicha, ushbu ayollar jamoatchilik tartibini buzganligi uchun ko‘chada Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib ketilgan.

Ushbu voqeadan keyin ayollar Qo‘mitaga taklif etilgan, ular bilan suxbat o‘tkazilgan, ularning muammolari huquq-tartibot idoralari vakolatida bo‘lganligi tufayli, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Ikki nafar ayolning muammolariga esa ijobiy yechim topilgan, deyiladi qo‘mita xabarida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring