Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xush kelding, Navro‘z! Bayram tantanalari davom etmoqda

Xush kelding, Navro‘z! Bayram tantanalari davom etmoqda

Bugun, 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayramining asosiy tadbirlari «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bayram tadbiriga tashrif buyurdi. Prezidentga Bosh vazir Abdulla Aripov va hukumat a’zolari hamrohlik qilyapti.

Ko‘rgazmalar majmuasida har bir viloyat uchun alohida joy ajratilgan bo‘lib, tadbirda ishtirok etish uchun respublika faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talabalar taklif etilgan.

Prezident O‘zbekistonning turli viloyatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi, xalq bilan muloqot qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bayram tantanalari Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring