Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Migratsiya agentligi mansabdorlari va boshqalardan iborat yirik uyushgan guruh fosh etildi

Migratsiya agentligi mansabdorlari va boshqalardan iborat yirik uyushgan guruh fosh etildi

Foto: Prokuratura departamenti

Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi 

Bosh prokuratura Departamenti tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruh Koreya davlatiga mehnat muhojiri sifatida ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema yaratib, 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming AQSh dollari noqonuniy olinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tergovda: Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tomonidan rasmiy to‘lovlardan tashqari firibgarlik yo‘li bilan 7-12 ming AQSh dollardan qariyb 90 mln AQSh dollari yig‘ilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda, Koreyaga ishga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, undirish choralari ko‘rilmoqda.

Bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalari 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishlari evaziga 580 ming AQSh dollari, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan noqonuniy ravishda 5,6 mln AQSh dollari jami 45 mln AQSh dollarini olganliklari ma’lum bo‘ldi.

«Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, agarda Siz va yaqinlaringiz ushbu uyushgan jinoiy guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, bu haqida zudlik bilan Bosh prokuratura Departamentining 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoni orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz», deyiladi Prokuratura departamenti xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring