Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi chegirmalar: poyezdga qancha erta chipta olsangiz, shuncha arzon tushadi

Yangi chegirmalar: poyezdga qancha erta chipta olsangiz, shuncha arzon tushadi

Kadr: «YouTube»

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018-yil yanvar oyidan boshlab xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlariga chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab chegirmalar belgilandi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa, 45 foiz chegirmaga ega bo‘ladi. Yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilsa, 35 foiz chegirma oladi.

Shuningdek, yo‘lovchi platskart vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa, 35 foiz chegirma taqdim etiladi. Platskart vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilgan yo‘lovchilar 35 foiz chegirmaga ega bo‘ladilar.

Aksincha, chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 5 kun oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilgan yo‘lovchiga esa 5 foiz ustama qo‘shilishi belgilangan.

Qayd etish kerak, mazkur chegirmalar ichki yo‘nalishlar, shuningdek, guruh bo‘lib yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring