Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangibozor yoshlari hech kimga kerak emasmi?

Yangibozor yoshlari hech kimga kerak emasmi?

Foto: «Sarhad.uz»

«Sarhad» gazetasi saytida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi muammo haqida tanqidiy maqola e’lon qilindi.

«Yangibozor tumanidagi Cho‘bolonchi mahallasida 654 xonadonda 3620 kishi yashar ekan. Ulardan deyarli 2 ming nafari ishga yaroqli aholi bo‘lib, shundan deyarli 1250 nafari 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar. Ammo mahalladagi bitta umumta’lim maktab, bitta maktabgacha ta’lim muassasasi, bitta qishloq vrachlik punktidan boshqa bironta ham ijtimoiy soha ob’yekti yo‘q. Kutubxona, sport maydonchasi yoki yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazishga xizmat qiluvchi boshqa maskanlarni bu mahalla yoshlar faqat orzu qilishadi xolos», — deyiladi maqolada.

Mahallada bor yo‘g‘i 20 ta fermer xo‘jaligi, barmoq bilan sanarli savdo ob’yektlari, shuningdek, 11 nafar pillachilik bo‘yicha kasanachilar bor xolos.

– Qishlog‘imizda na yoshlarimizni ishlashi ishxona bor, na kasb hunar o‘rgatadigan markaz bor. Bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari uchun kerak sharoitlar haqida gapirmasam ham bo‘ladi. Oddiygina uyali aloqa ham mahallamizda katta muammo. Telefonda gaplashish uchun tomga chiqish kerak. Shu boisdan yoshlarimiz o‘zga yurtlarga ishlashga ketishga majburlar.

Televizorda Prezidentimiz katta umidlar bilan tashkil qilgan Yoshlar ittifoqining boshqa viloyatlarda chekka hududlarda yoshlarga yaratib berayotgan sharoitlarini, ularga berayotgan ko‘maklarini ko‘rib havas qilamiz. Lekin bizni mahallaga shu paytgacha na tuman, na viloyat Yoshlar ittifoqidan birov kelib, farzandlarimizni ishga joylashtirish narida tursin, bormisizlar deb kelgani yo‘q!

Mahallamizda hademay yoshlar qolmasa deb qo‘rqaman. Maktabni tugatgandan mahallamizdan uzoqroqqa ketishga harakat qiladilar. Ularni tushunish mumkin, ular ishlash, o‘sish, o‘z qobiliyat va salohiyatlarini namoyon etish uchun sharoit bor joyga intiladilar. Bizda esa yoshlarimiz uchun hech qanday sharoit yo‘q! Bizga endi har narsaga chidaymiz, ammo hech bo‘lmasa yoshlarimiz uchun sharoitlar yaratilsa, ularning holidan yoshullilar xabar olsa, deb niyat qilamiz, — dedi shu mahallada yashovchi Shukurjon opa.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring