Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Foto. Yaqin 20 yillikda yo‘qolib ketish xavfi bor bo‘lgan kasblar

Foto. Yaqin 20 yillikda yo‘qolib ketish xavfi bor bo‘lgan kasblar

Foto: «Adme.ru»

Shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yashayapmiz. O‘ylab ko‘ring-a, yaqindagina mobil telefonlari paydo bo‘lganidan quvonayotgan edik. Ammo bugun gadjetlarimiz deyarli barcha funksiyalarni bajarmoqda. Texnika insoniyat hayotini yengillashtirmoqda. Ammo hozirda robot xizmati kengayib borayotgani hamda ular eng qiyin vazifalarni ham amalga oshirayotgani kelajakda insonlar mehnatiga ehtiyoj yo‘qolib ketishiga olib keladi, degan xavotir uyg‘onmoqda. «AdMe.ru» yaqin 20-30 yillar davomida qanday kasblar yo‘qolib ketishini o‘rgandi.

Bundan hech ham xavotirga tushmang, balki kasbingiz keyingi yigirma yillikda yanada taraqqiylashar. Buni esa maqolani so‘ngigacha o‘qisangiz, bilib olasiz.

Ta’lim sohasida

Ta’lim tizimi bugungidan butunlay o‘zgaradi. Masofaviy ta’lim orqali istalgan bilimni olish mumkin. Kelajakda IT-texnologiyalari orqali o‘qitish tizimi keng joriy etiladi. Albatta, yaxshi pedagoglar doim qadrlanadi va ularning bilimi juda zarurligicha qoladi, ammo ta’lim berish sharoitigina o‘zgaradi.

Foto: «Adme.ru»

Ko‘ngilochar sohada

Foto: «Adme.ru»

Texnologiyalarning rivojlanishi restoran, mehmonxona, kinoteatr, fitnes zallari administratorlarini ishsiz qoldirishi mumkin. Mana, hozirning o‘zidayoq saytlar orqali mehmonxona yoki mashg‘ulotlar zaliga oldindan buyurtma berish xizmati mavjud. 

Turagentlar xizmatining ham qimmati tushib bormoqda. Boisi, odamlar sayohatlarini vositachilarsiz amalga oshirishi arzon tushishini allaqachon anglab yetganlar. Turizm sohasida endilikda individual sayohatlarni amalga oshirish rejissurasiga ega bo‘lgan mutaxassislarga ehtiyoj ortadi.

Ixtisoslashgan sohalar

Foto: «Adme.ru»

Poligrafiya xodimlariga ham oson bo‘lmay qoldi. Bosma nashrlar o‘rniga elektron nashrlar paydo bo‘lmoqda. Xat tashuvchilik kasbi butunlay yo‘qolish arafasida. Chunki borgan sari pochta orqali xat yuborgandan ko‘ra, elektron tarzda xat almashinuvi qulayligi ayon bo‘lib bormoqda.

ZD-printerlarining rivoji esa yengil sanoat xodimlarini tashvishlantirmoqda. Shaxtyorlar, tog‘-kon qazuvchilarining mehnatiga ehtiyoj kamaygani ularning vazifasini zamonaviy texnologiyalar o‘tayotganidadir.

Savdo va marketing

Foto: «Adme.ru»

Internet-savdo hamda reklamaning rivojlanishi, avtomatik kassalarning paydo bo‘lishi sotuvchi, kassir, savdo menejeri, savdo agenti kabi lavozimlarning qisqarishiga olib keladi.

Moliyaviy sohalar

Foto: «Adme.ru»

Ma’lumotlarni qayta ishlovchi bank xodimlari ham o‘z o‘rnini maxsus dasturlovchi texnologiyalarga bo‘shatib berishi taxmin qilinmoqda. Ayrim banklar hozirdanoq ish o‘rinlarini qisqartirish evaziga sarf-xarajatlarni kamaytirishni rejalashtirgan.

Intellektual mehnat

Neyrotarmoqlarning rivojlanishi jurnalistlar, musahhihlar mehnatining qadrsizlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, hozirda neyrotarmoqlar hatto hikoya yozib berishi mumkin. Yoki «Associated Press» nashri esa yangiliklar yozish uchun maxsus ishlardan foydalanmoqda.

Shuningdek, huquqshunoslar ham ishsizlikdan aziyat chekishlari mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada 2015 yildan boshlab maxsus internet-bot ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu bot turli jarimalarni hisob-kitob qilishda ko‘maklashmoqda. Bu esa oddiy yuristning xizmatidan ko‘ra, juda hamyonbop hisoblanadi. 

Tushkunlikka tushishga hojat yo‘q

O‘z ishining ustasiga doim ish topiladi, shu sababli yaratuvchanlik ruhi bilan yashayvering. To‘g‘ri, botlar ham yangiliklar yoza olishi mumkin, ammo chin san’at asarlarini insonlar yaratadilar. Unutmangki, avtomatlashtirishning vazifasi — bizning vaqtimizni va katta kuchimizni talab qilayotgan ishlarga ko‘maklashishdan iborat. Biz esa ortgan vaqt hisobiga muhim ishlarni bajarishimiz mumkin.

Agarda farzandingiz uchun muhim va mangu yashaydigan kasblarni tanlash kerak bo‘lsa, maslahatimiz — dasturchi, shifokor, psixolog, tarbiyachi, tergovchi, tarjimon kabi kasblarni tanlaganingiz ma’qul. Shuningdek, quruvchilik bilan bog‘liq kasblar ham doim dolzarbligini yo‘qotmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring