Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnobod tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan surishtiruv ishlari boshlandi

Yashnobod tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan surishtiruv ishlari boshlandi

Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosarining tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i bilan suhbati tarmoqlarda tarqalgan edi.

Unda hokim o‘rinbosari bog‘chalarni nazoratchilar tekshirayotgani va ular asosan ombor va oshxona bilan tanishayotganligini ta’kidlab, ushbu tekshiruv paytida kamchiliklar aniqlanmasligi uchun barcha MTMlari mudiralari bozordan barra oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, omborxonalariga qo‘yishlari, oshxonalarini sarishta saqlashlari haqida topshiriq bergan va tekshiruv tugaganidan so‘ng xarid qilingan mahsulotlarni uylariga olib ketishlari mumkinligini aytgan.

«Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar MTB hamkorligida maxsus komissiya tuzildi hamda hozirda ushbu ish bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli barcha choralar ko‘riladi, zarur bo‘lsa, mansabdor shaxslar ham ishdan bo‘shatiladi» deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Bundan tashqari maxsus komissiya poytaxtimizdagi barcha MTMlarda bo‘lib, ularning mudiralari ishtirokisiz tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashishi hamda bog‘chalardagi taomnoma va bolalarning ovqatlanish sifatini o‘rganishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring