Yoshlar yetakchisi o‘z nikoh to‘yida kam ta’minlangan oila farzandlariga sunnat to‘yi qilib berdi (foto)

Urgut tumanidagi Yoshlar ittifoqining 41-maktabdagi yetakchisi Arziqulov Alijon o‘z nikoh to‘yiga qo‘shib, shu tumanda istiqomat qiladigan to‘rt nafar kam ta’minlangan oilaning farzandlarining sunnat to‘yini o‘tkazib berdi.
Bunday xayrli tashabbusni bundan biroz avval o‘z nikoh to‘yiga bir necha nafar kam ta’minlangan oilalarining farzandlari sunnat to‘yini qo‘shib o‘tkazgan shu tuman Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Firdavs Ochilib boshlab bergan edi.
To‘yda tuman hokimi M.Turdiyev, tuman Yoshlar ittifoqi yetakchisi G‘.Jabborov kabi mas’ullar qatnashdilar va ular oila qurayotgan yoshlarga hamda sunnat to‘yi o‘tkazilgan bolalarga o‘z sovg‘alarini topshirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter