Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurak kasalliklaridan aziyat chekuvchilar uchun kutilmagan ma’lumot e’lon qilindi

Yurak kasalliklaridan aziyat chekuvchilar uchun kutilmagan ma’lumot e’lon qilindi

Muntazam ravishda baliq yog‘i qo‘shimchalarini qabul qilish sog‘lom odamlarda insult va yurak kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Biroq, baliq yog‘i allaqachon yurak muammolaridan aziyat chekuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Buni BMJ Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot ko‘rsatdi.

Baliq yog‘i yurak uchun foydali omega-3 yog‘ kislotalarining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pincha yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun tavsiya etiladi. Ammo bu yondashuvning samaradorligi uchun dalillar yetarli emas.

Yangi tadqiqotda olimlar 415 ming Buyuk Britaniya fuqarolarining ovqatlanishi va salomatligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Ishtirokchilarning deyarli uchdan bir qismi muntazam ravishda baliq yog‘i qo‘shimchalarini qabul qildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sog‘lom odamlar uchun baliq yog‘i qo‘shimchalarini muntazam ravishda qabul qilish insult xavfini 5% ga vatriyal fibrilatsiyani 13% ga oshiradi. Bu ta’sir, ayniqsa, ayollar va chekmaydiganlarda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Biroq, aritmiyaga uchragan odamlar uchun baliq yog‘i yurak xurujiga o‘tish xavfini 15% ga kamaytiradi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lganlar uchun o‘lim xavfi 9% ga kamaydi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ularning ishlari baliq yog‘ini iste’mol qilish va yurak-qon tomir xavfi o‘rtasida sabab-ta’sir munosabatlarini isbotlamaydi. Baliq yog‘i kasal va sog‘lom odamlarga boshqacha ta’sir qilishining sabablarini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring