Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimiz jome masjidlarida Yangi Zelandiyada halok bo‘lgan musulmonlar haqqiga duo qilindi

Yurtimiz jome masjidlarida Yangi Zelandiyada halok bo‘lgan musulmonlar haqqiga duo qilindi

Foto: «fitrat.uz»

Bugun, 17-mart kuni O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarda peshin namoz ibodatidan so‘ng, Qur’oni karim tilovati va duolar qilish va savobini Yangi Zelandiyadagi terroristik huruj tufayli halok bo‘lgan musulmonlar ruhiga baxshida etilishi haqida xabar berilgan edi.

Yurtimiz jome masjidlarida O‘zbekiston musulmonlar idorasining tavsiyasi amalga oshirildi. Peshin namozidan so‘ng Qur’oni Karim oyatlari tilovat qilindi va marhumlar haqqiga bahshida etildi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni qurollangan shaxslar «An-Nur» va «Linvud» masjidlarida juma namozidan so‘ng masjid ichiga kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘q uzgan, oqibatda 50 kishi halok bo‘lgandi. ​Shuningdek, namozxonlarning o‘qqa tutilishi oqibatida 49 kishi yaralangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring