Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronda 100 va 106 yoshli ikki bemor koronavirusdan tuzaldi

Eronda 100 va 106 yoshli ikki bemor koronavirusdan tuzaldi

Foto: «en.irna.ir»

Koronavirusga chalingan 100 va 106 yoshli ikki nafar bemor Erondagi shifoxonadan chiqdi, deya xabar berdi «IRNA» agentligi.

Ma’lumot qilinishicha, ikkala holat ham Kum shahrida qayd etilgan. 106 yoshli otaxon 14 kunlik muolajadan so‘ng shanba kuni shifoxonadan chiqqan. 100 yoshdagi Ali Afshari ismli ikkinchi bemorga esa yakshanba kuni uyiga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, agentlikning yozishicha, seshanba kuni koronavirusga chalingan 98 yoshli onaxon shifoxonadan tuzalib chiqqandi. U 27 kun shifoxonada davolangan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 58 226 kishiga yetdi. Shundan 3603 nafari vafot etdi. 22 011 kishi tuzaldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring