Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus qaytalagan bemorga mutaxassis maslahat berdi

Koronavirus qaytalagan bemorga mutaxassis maslahat berdi

Bugun AOKA press-xolida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi:

Avgustda COVID-19ning o‘rta og‘ir turini boshimdan o‘tkazdim. Uch kun avval yana virus yuqtirib olganim tasdiqlandi. Bunisi og‘irroq kechyapti. Nima maslahat berasiz?

– Tadqiqotlar  koronavirusga chalingan odam virusni qayta yuqtirib olish xavfidan xoli emasligini isbotlamoqda. Unga ko‘ra, kasallikni yengganlar ham niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va qo‘llarni tez-tez yuvish qoidalariga rioya qilishlari kerak.Qayta yuqtirish bilan bog‘liq rasmiylashtirilgan holatlar juda kam uchraydi — 53 millionga yaqin holatdan atigi bir nechta xolos.

Sizda ham kasallik qaytalangan bo‘lishi mumkin. Siz sanab o‘tgan klinik belgilar bilan shifokor virusolog yoki infeksionist nazoratida davolanishingiz lozim.

Profilaktika uchun vitamin «D» va Sink preparatini qancha vaqt ichish mumkin?

– Albatta profilaktika maqsadida vitamin «D» va Sink preparatlarini qabul qilish mumkin. Faqat, har qanday holatda ham uchastka (oila) shifokori bilan maslahatlashgan holda yo‘l tuting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring