Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiyaning navbatdagi qarori e’lon qilindi

Maxsus komissiyaning navbatdagi qarori e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusni aniqlash bo‘yicha majburiy test joriy etilmoqda. Maxsus komissiya qaroriga binoan majburiy test faqat O‘zbekistonga kelganlarga taalluqlidir.

2022 yil 11 yanvardagi COVID-19ga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining bayonnomasiga asosan, koronavirus bilan kasallanish holatlarining ko‘paygani hamda O‘zbekistonda «omikron» shtammining aniqlanganligi bois, mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xususan, 15 yanvardan boshlab, Davlat bojxona qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologiya farovonligi xizmati bilan birgalikda, O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlari uchib kelish zallarida ekspress-test punktlari tashkil etiladi.

Yurtimizga havo transporti orqali kirib kelgan barcha fuqarolar majburiy tarzda express-testdan o‘tadilar. Test topshirishning qiymati O‘zR Markaziy banki kursi bo‘yicha 5 AQSh dollari miqdorida belgilangan. Talabalar uchun, talaba chiptasi taqdim etilganda, 50 chegirma taqdim etiladi. I va I guruh nogironligi bo‘lganlar testlarni bepul topshirishadi. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar kovid testini topshirmaydilar.

«Maxsus komissiya qarori bilan O‘zbekistonga kelgan barcha yo‘lovchilar aeroportlarda majburiy ekspress-testdan o‘tkaziladi. Test Davlat bojxona qo‘mitasining Markaziy laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Buning uchun barcha aeroportlarda maxsus zonalar ajratilgan, tenzobarerlar o‘rnatilgan, kartalar bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish uchun terminallar, naqd pul olish uchun bankomatlar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud. Aeroportlarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, test zonasi pasport nazoratidan o‘tgunga qadar yoki undan keyin tashkil etiladi», – deydi «Uzbekistan Airports» AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Javlon Umarxodjayev.

To‘lovni amalga oshirib, chekni olgan yo‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri test topshirishga yuboriladi, shundan so‘ng pasportga shtrix-kod yopishtiriladi.

Test natijasi taxminan 15 daqiqa ichida beriladi. Bu vaqt ichida yo‘lovchi yukni olish va bojxona nazoratidan o‘tishi mumkin. Terminaldan chiqib ketayotganda shtrix kod skanerdan o‘tkaziladi va yo‘lovchi koronavirusni aniqlash uchun topshirgan ekspress-test natijasini oladi. Test natijasi ijobiy bo‘lsa, yo‘lovchi izolyasiyaga jo‘natiladi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda, aviakompaniyalar tomonidan PZR testining salbiy natijasi 48 soatdan ortiq bo‘lmagan ma’lumot to‘g‘risidagi qoida hali ham amalda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring