Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya AQShga tibbiy uskunalar to‘la samolyot yubordi — Tramp

Rossiya AQShga tibbiy uskunalar to‘la samolyot yubordi — Tramp

Foto: «salamnews»

Rossiya o‘zining Havo kosmik kuchlari samolyoti An-124-100 «Ruslan» orqali AQShga tibbiyot niqoblari hamda tibbiy texnika yubordi. Bu haqda «Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Rossiya bizga tibbiy uskunalarga to‘la juda katta samolyot yubordi. Bu juda ajoyib», — degan Tramp.

CNN xabariga ko‘ra, Amerika rahbari, shuningdek, Xitoy va boshqa davlatlardan yordam kelgani va u bundan yaxshi ma’noda hayron qolganini ma’lum qilgan.

Ayni damda AQShda koronavirus qurbonlari soni 4000ga yaqin. Oq uyning tahminlariga ko‘ra, vafot etganlar soni eng yaxshi holatda 100-200 mingni, yomon holatda esa 2,2 mln. kishini tashkil etishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring