Buxoroda bir oilaning 7 a’zosi koronavirusga chalindi
27 may soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3369 (+14) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida (Shofirkon tumanidagi bitta oila a’zolari) aniqlangan. Mazkur holat ushbu viloyatga koronavirus infeksiyasi qaytganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 5 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. 2 nafari esa Toshkent viloyatidan (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasidan aniqlangan).
Ayni paytda yurtimizda 2668 (+32) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 687 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter