Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonning qaysi hududlarida koronavirus ko‘proq qayd etilmoqda?

Tojikistonning qaysi hududlarida koronavirus ko‘proq qayd etilmoqda?

Foto: «RIA Novosti»

Tojikistonda COVID-19 aniqlangan bemorlar soni dushanba kuni kechga borib 102 taga ko‘payib, 230 nafarga yetdi, 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «RIA Novosti» sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib.

«Tojikistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 230 nafarga yetdi. Bu 2-maydagi holatdan ko‘ra 102 taga ko‘p, 3 kishi vafot etdi», — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 4-may kuni kechki holatga ko‘ra 208 kishi mamlakat shifoxonalarida tibbiy nazorat ostida saqlanmoqda. O‘tgan bir kecha-kunduzda 246 kishining sog‘ligi yaxshiligi bois tibbiyot muassasalaridan chiqarilgan.

COVID-19 ga chalingan 230 ta bemordan 110 nafari Dushanbe, 22 nafari respublika tasarrufidagi shahar va tumanlar, 7 nafari Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyati, 21 nafari Xatlon viloyati, 70 nafari So‘g‘d viloyatida qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring