Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir kunda 183 nafar quruvchida koronavirus aniqlandi. Kompaniya nomi sir tutilmoqda

Toshkentda bir kunda 183 nafar quruvchida koronavirus aniqlandi. Kompaniya nomi sir tutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Toshkentda 7-iyun kuni koronavirus yuqtirgan 195 bemorning 183 nafari — bitta muassasada ishlayotgan quruvchilar bo‘lgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lum qildi.

Botirjon Qurbonov ushbu kompaniya nomini oshkor qilmadi va buni o‘sha kompaniyaning obro‘yiga zarar yetkazishi bilan izohladi. Shunday bo‘lsa-da, kompaniyaga nisbatan tegishli ma’muriy choralar ko‘rilgan va tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilgan.

Holat bo‘yicha quruvchilik firmasida ishlagan yana 300 dan ortiq ishchi karantinga olingan.

Koronavirus aniqlangan ishchilarning oila a’zolari karantinga olinmagan. Buni Botirjon Qurbonov ishchilar viloyatlardan kelib, yotoqxonada turgani va uyidagilar bilan kamida so‘nggi 14 kun davomida kontaktda bo‘lmagani bilan izohladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring