Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksinatsiyaning birinchi kunida emlanganlar soni ma’lum qilindi

Vaksinatsiyaning birinchi kunida emlanganlar soni ma’lum qilindi

Foto: SSV

Vaksinatsiyaning ilk kunidayoq Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Vaksinatsiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi ko‘zda tutilgan.

1 aprel holatiga ko‘ra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi.

Vaksinatsiya bo‘yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.

Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring