Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahnoza Soatova

Ki har ne olami sug‘roda mavjud, Bori bu olami kubroda mavjud. (Alisher Navoiy)

«Ziyofat» pulini kim to‘laydi?

«Ziyofat» pulini kim to‘laydi?

Foto: «Vm.ru»

2020-yil 19-oktyabrdan Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etilishi, Transport vazirligi bunda tashuvchilar tomonidan yo‘lovchilariga qo‘lqoplar bepul taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.

Bloger Shahnoza Soatova bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

«Transport vazirligi «qo‘lqoplarni tekin tarqatamiz» debdi-yu, bu «ziyofat»ning pulini kim to‘lashini aytmabdi. Ziyofat qimmatga tushishi ayon: qo‘lqoplardan tashqari, ularni yechganda tashlaydigan maxsus idishlarni ham har bir bekatga o‘rnatish, keyin ishlatilgan qo‘lqoplarni xodimlar, aholi va tabiatga ziyon yetkazmay zararsizlantirib yo‘q qilish masalasi ham bor. Axir bu millionlab virusli rezina qo‘lqoplar degani. Bu yog‘i necha puldan tushadi, birov o‘ylab ko‘rdimi? O‘zi yuvsa suvda oqib ketadigan virus bo‘lsa. Yo‘lovchilar sog‘lig‘iga faqat virus emas, zararlangan atrof-muhit ham salbiy ta’sir qiladi. Bu oqibatlar bilan ishlash mexanizmi ishlab chiqilganmi? Eng g‘alati joyi: bir martalik niqob deyilganda ham, tushunsa bo‘lardi, qo‘lqoplarning koronavirusdan himoyalovchi samarasi hali isbotlanmagan, na JSST, na o‘zimizning SSV bu borada tavsiya bermagan-ku».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring