Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli modeler Karl Lagerfeld vafot etdi

Taniqli modeler Karl Lagerfeld vafot etdi

Foto: «TASS»

Fransiyalik modeler Karl Lagerfeld olamdan o‘tdi. Bu haqda «Le Figaro» nashri xabar bermoqda.

«Chanel» hamda «Fendi» modalar uylarining kreativ direktori 85 yoshda edi.

Shu yilning yanvarida, «Chanel» modalari namoyishida dizayner o‘zini yomon his qilayotganini aytib podiumga chiqmagan edi.

Asli nemis millatiga mansub Kapl Lagepfeld umri davomida juda ko‘p yutuqlarga erishgan. Liboslar dizayneri bo‘lgan, fotografiya bilan shug‘ullangan, kinolar suratga olgan, noshirlik faoliyatini olib borgan. Albatta, u eng katta izni modalar olamida qoldirdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring