Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

300 oltin tangaga sotilmagan kitob

300 oltin tangaga sotilmagan kitob

foto: https://kulturologia.ru/blogs

1857-yili Turkiyaning Diyorbakr shahrida tavallud topgan Ali Amiriy ismli yigit yoshligidan kitob mutolaasiga beriladi. Bu ishi bois, boshiga ko‘p tashvishlar kelishiga qaramay, nodir kitoblarni yig‘ishda davom etadi. Yiqqan kitoblarining soni 10 mingdan oshib ketadi. Ali Amiriy bamisoli buyuk xazinani izlayotganday, hayotining asl ma’nosini shu ishda ko‘radi.

Kunlarning birida uning boshiga chinakam omad qushi qo‘nadi: kitoblar sotiladigan rastalardan birida o‘zi bilmagan holda «Devonu lug‘atit-turk» kitobini 33 liraga sotib oladi. Keyinchalik bu yangilikdan ko‘plar xabardor bo‘ladi. Ular Ali Amiriydan ushbu kitobni katta pul evaziga sotib olishga harakat qilishadi. Ammo Amiriy ko‘nmaydi.

Hikoya qilishlaricha, bu noyob topilmadan xabar topgan vengriyalik bir elchi Ali Amiriyga ushbu kitob uchun naqd 10 ming oltin tanga berishga roziligini aytadi. Fransiyalik olim Parijning qoq markazida qurilgan hashamatli saroyni va’da qiladi. Ali Amiriy har ikki taklifga ham ko‘nmay, ularga: «Men Vatanning noyob xazinasini pulga sotadigan xoin emasman», deydi. Hukumat unga 300 oltin tanga jo‘natganida esa, bu pulni mamlakatning och-nahor yashayotgan fuqarolariga bo‘lib berish kerakligini aytadi.

Tarixda bunday ibratli misollar ko‘p. Mirzo Ulug‘bekning sadoqatli shogirdi Ali Qushchi ustozi to‘plagan noyob kitoblarni johillardan saqlab qolish uchun ne ko‘ylarga tushganini  yaxshi bilamiz. Mavlono Jaloliddin Rumiy dafn etilgan Ko‘nya shahrida kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir kishiga odamlar turli shaharlardan qoplarda kitoblar olib kelishar ekan. «Men qoplarning og‘zini ochayotganimda, ajabo, bu gal qanday kitoblar olib kelishdi ekan-a» deya, xuddi kelinchakning yuzini ochayotgan kuyovdek hayajonlanar edim», der ekan shu sahhof...

 

(«Siz yozmagan kitob»dan)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring