Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktyor Yigitali Mamajonov va aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush qurdi

Aktyor Yigitali Mamajonov va aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush qurdi

Foto:«Instagram»

Aktyor Yigitali Mamajonov va aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush qurdi. Bu haqda jurnalist Sardor Komilov ma’lumotiga asoslanib «Daryo» nashri ma’lum qildi.

Yigitali va Muqaddas qonuniy tarzda nikohdan o‘tgan. Ular, shuningdek, farzand ham kutishmoqda.

Muqaddas Sa’dullayeva avvalgi turmushidan Sa’diya ismli qiz farzand ko‘rgan. Aktrisa «Instagram»dagi postlaridan birida «Hayotiy tajribamga ko‘ra, insonlar birovning shaxsiy hayotiga ham aralashib turmushini buzib yuborishganigacha ko‘rib guvoh bo‘ldim. Shaxsiy hayot shaxsiyligicha, sirliligicha qolgani yaxshi! Oilamni bundan buyog‘iga har qanday balo qazolardan uzoq tutaman», — deb yozgan edi.

Ushbu nikoh Yigitalining uchinchi, Muqaddas Sa’dullayevaning ikkinchi turmushi hisoblanadi. Yigitalining avvalgi nikohlaridan uch nafar farzandi bor.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring