Aktyor Yo‘lchi Ortiqov olamdan o‘tdi

Aktyor va kaskadyor Yo‘lchi Ortiqov vafot etdi. U 51 yoshini qarshi olgan edi.
Aktyorning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda. San’atkor «Tog‘lik kuyov» filmidagi roli tanilgan. So‘ngra, "Hayot-mamot", "Ayolning bir makri" va boshqa filmlarda ham rol ijro etgan. Bir muddat rejissyorlik faoliyati bilan ham shug‘ullangan.
So‘nggi vaqtlarda Yo‘lchi Ortiqov san’atdan tanaffusga chiqqandi.
Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter