Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Alisher Navoiy» romani Ozarbayjon tilida nashr etildi

«Alisher Navoiy» romani Ozarbayjon tilida nashr etildi

Taniqli o‘zbek yozuvchisi Isajon Sultonning «Alisher Navoiy» romani «Füyuzat» nashriyoti tomonidan Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining katta ilmiy xodimi, folklorshunos olim G‘olib Sayilovning tarjimasi va so‘zboshisi bilan nashr etildi.

«Alisher Navoiyning shaxsiyati deyarli hammaga ma’lum. Nizomiy va Fuzuliy ozarbayjon xalqining milliy o‘ziga xosligi ramziga aylangani singari o‘zbek turklari orasida Alisher Navoiy ana shunday o‘ziga xoslikning toshga aylangan ramzidir.

Ozarbayjonlik o‘quvchi ushbu nashrda tarjimonning «Adabiyot va odob sirlaridan xabardor daho» nomli so‘zboshisi bilan ham tanishadi. Tarjimon G‘olib Sayilov professional adabiyotshunos sifatida romanning badiiy va estetik afzalliklarini ochib beradi.

Navoiy ramzi nafaqat o‘zbeklarning, balki ozarbayjon xalqining ham badiiy-shaxsiyatini ifodalaydi. U o‘z asarlari bilan ozarbayjon adabiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan va o‘zi ham Nizomiy she’riyatidan ilhomlanib, badiiy asarlar yaratgan. Sovet davrida Navoiy faqat o‘zbeklarga, Nizomiy va Fuzuliy esa ozarbayjonliklarga degan qarash shakllanib qolgan. Aslida, barchamizning genlarimizni, qonimizni va ruhimizni ifoda etgan umumiylik bor – turkiylik», – deydi ozarbayjonlik olim Seyfaddin Rzasoy.

Ma’lumot uchun, «Füyuzat» nashriyoti 2024-yilda mazkur romanni turk tilida ham nashr etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring