Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda tarixiy obyekt g‘isht qilib sotilmoqda

Andijonda tarixiy obyekt g‘isht qilib sotilmoqda

Xabar.uz

Andijon viloyati Qorasuv shahrida joylashgan “Mustaqillik ning 15 yilligi” mahallasida noyob Qo‘shtepa-2 arxeologik yodgorligi mavjud. Aholi va mutasaddilarning bee’tiborligi bilan shunday madaniy meros obyekti yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi.

2014 yildan beri shu yodgorlikda Arxeologik tadqiqotlar instituti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qo‘shtepa-2 hududida miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalaridan milodning VIII asrlarigacha uzliksiz va XI-XII asrlarda qisman ajdodlarimiz yashab, o‘zlaridan o‘sha davrlar tarixiga oid me’moriy va hunarmandchilik buyumlari ko‘rinishida ulkan madaniy meros qoldirishgan.

Vaholangki, yodgorlikning turli qatlamlaridan qadimiy ziroatkorlar (Chust madaniyati – mil. avv. XII-VII asrlar)ga oid sopol idish qoldiqlari hamda ibtidoiy odamlar (so‘ngi paleolit – bundan 40-30 ming yil avval)ga oid tosh qurollar topilgan. Bu holat davlatimizning hozirgi siyosatiga monand arxeologik turizmni rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir.

Arxeologik tadqiqotlar instituti xodimlari Qo‘shtepa-2 yodgorligini nafaqat O‘zbekiston, balki chet el qadimgi tarix muxlislariga targ‘ib qilish borasida imkon qadar ish olib bormoqda. Natijada, oxirgi 5 yil ichida 20 tadan ortiq turli (o‘zbek, rus, ingliz, xitoy) tillarda maqolalar hamda o‘zbek va rus tillarida televideniyeda intervyu berildi.

Shu bilan birga, Andijon davlat muzeyida “Ko‘hna zamin durdonalari” rukni ostida Qo‘shtepa arxeologik ko‘rgazmasi tashkil qilinib, u vodiy viloyatlari muzeylariga ham olib chiqilmoqda. Navbatdagi rejada Qo‘shtepa-2 yodgorligini “osmon ostidagi muzey” ko‘rinishiga olib kelishdir.

Biroq, yodgorlik hududi odamlarga uy-joy uchun chek qilib berilishi shunday nodir tariximiz zaxirasining yil sayin buzilishiga olib kelmoqda. Bu yil yodgorlikning ko‘shk qismi shimolidagi ilk o‘rta asrlarga oid mudofaa devori 20x2 m joyi vahshiylarcha ekskavatorda kavlab olingan, ko‘shkning janubi esa 4 m. enlikda buzilib g‘isht qilib sotilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring