Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Disko raqqosi» filmi qo‘shiqlarining muallifi Bappi Lahiri vafot etdi

«Disko raqqosi» filmi qo‘shiqlarining muallifi Bappi Lahiri vafot etdi

Bappi Lahiri.

Taniqli hind bastakori va xonandasi Bappi Lahiri 16-fevral, chorshanbaga o‘tar kechasi Mumbaydagi shifoxonalardan birida vafot etdi. Bu haqda «Press Trust of India» agentligi xabar berdi.

Bappi Lahiri 69 yoshda edi.

Bappi Lahiri hind kinosi musiqasiga disko uslubini olib kirgan. Lahiri 1970–1980-yillardagi ko‘plab filmlarga musiqa bastalagan. Masalan, Mitxun Chakraborti bosh rolni o‘ynagan «Disko raqqosi», «O‘yna, o‘yna», Amir Xon suratga tushgan «Ishq» filmlaridagi ko‘p qo‘shiqlarni Lahiri yozgan. Ularning ayrimlarini Bappi Laxirining o‘zi ijro etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring