Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harrison Ford — Indiana Jons qaytmoqda: film premerasi e’lon qilindi

Harrison Ford — Indiana Jons qaytmoqda: film premerasi e’lon qilindi

Foto: Filmdan lavha

Amerikalik aktyor Harrison Ford «Disney»ning yangi filmi franshizasida sarguzashtlar ishqibozi Indiana Jons rolida qaytmoqda, deyiladi BBC xabarida.

Rejissyor Jeyms Mangold suratga oladigan ushbu kinoasar 78 yoshli aktyorning Indiana rolidagi beshinchi va so‘nggi filmi bo‘ladi.

«Disney» kinokompaniyasi ushbu yangilikni e’lon qilgan sarmoyadorlar uchun o‘tkazilgan virtual taqdimotda, shuningdek, «Yulduzlar jangi» hamda «Marvel» seriyalarining spin-offlari bo‘yicha rejalar ham ochiqlandi.

Kinoprodyuser Frenk Marshall yaqinda shunday degandi: «Bu rol faqat Fordniki. Biz ssenariy ustida ishlayapmiz. Indiana Jons yagona — u Harrison Ford».

Ma’lumot uchun: Harrison Ford Indiana rolida birinchi bor 1981-yili «Yo‘qolgan kemani izlab» filmida suratga tushgan payti 39 yoshda edi.

Shu yil o‘rtalarida o‘tkazilgan so‘rovnomada tarixdagi eng buyuk kinoqahramon sifatida aynan Indiana Jons e’tirof etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring