Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom Karimov nomidagi kutubxona ochildi (foto)

Islom Karimov nomidagi kutubxona ochildi (foto)

Foto: Islom Karimov fondi

Kecha, 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi kutubxona o‘z ishini boshladi.

Kutubxona o‘ziga xos tarixga ega binoda joylashgan. Istiqlolning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti bu binoda keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashgan, xorijiy davlatlarning mamlakatimizga tashrif buyurgan dastlabki delegatsiyalarini qabul qilgan. Bu yerda Islom Karimov chet el davlatlarining birinchi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.

«Oqsaroy» qurilganidan keyin binoda Birinchi prezidentning matbuot xizmati faoliyat yuritgan.

Kutubxonaning ochilish marosimida Tatyana Karimova, keng jamoatchilik, ilmiy va madaniy doira vakillari ishtirok etdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring