Madaniyat xodimi, taniqli shoir Ikrom Otamurod vafot etdi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Ikrom Otamurod vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikrom Otamurod 1951-yil 5-mayda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetida taxsil olgan (1969—74). Dastlabki she’riy to‘plami — «Vaqt ranglari» (1982). Shundan so‘ng shoirning «Janub qushlari» (1983), «To‘rg‘ayli manzillar» (1984), «Ufqlar orti bepoyon» (1987), «Ruhimning qayg‘usi» (1995), «Sen» (1999), «Kanglum, o‘zing» (2002), «Tavr» (2005) kabi she’riy kitoblari nashr etilgan. Bir nechta dostonlar ham yozgan («Yarador umid otlari», 1986; «Uzoqlashayotgan og‘riq», 1990; «Sopol siniqlari», 1994; «Aning umidi», «Xaritaga tushmagan joy», 1992; «Tanazzul» va boshqa).
M. Darvish, M. Bsisu, U. Uitmen, P. Neruda, O‘. Sulaymon, Ye. Yevtushenko kabi shoirlarning she’r va dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter