Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘lik odamning maktublari». Insoniyat nega o‘zini o‘zi yo‘q qilishgacha yetib bordi?

«O‘lik odamning maktublari». Insoniyat nega o‘zini o‘zi yo‘q qilishgacha yetib bordi?

«O‘lik odamning maktublari» (Sobiq ittifoq, 1986) filmida yadroviy urush tugaganidan sal o‘tib, noma’lum shaharda yuz bergan voqealar hikoya qilinadi. Nobel mukofoti sohibi, olim Larsen tarixiy muzey yerto‘lasida yashirinib, yadroviy hujumdan omon qoladi.

Yerto‘lada Larsen bilan birga uning xotini hamda yadroviy qiyomatdan omon qolgan ayrim odamlar yashaydi. Hammasi azobda, yaqinlaridan judo bo‘lishgan. Insoniyat nega o‘zini o‘zi yo‘q qilishgacha yetib bordi? Larsenni shu savol qiynaydi. O‘zini ovutish maqsadida o‘g‘li Erikka xatlar yozishni boshlaydi, holbuki, uning tirikligi dargumon...

«O‘lik odamning maktublari» filmidan kadr. Rolan Bikov — Larsen rolida.

Filmda ikkita baland minora yaqinidagi portlash sahnasi bor: ular Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi egizak minoralarga o‘xshab ketadi, kamiga, sal avval ko‘rsatilgan shaharning sohilbo‘yi manzarasi ham Nyu-Yorkni eslatadi.

Nyu-York, 2001-yil 11-sentyabr 

Oradan roppa-rosa 15 yil o‘tib Nyu-Yorkdagi minoralar chindan ham portlab yer bilan bitta bo‘ldi. 2001-yilning 11-sentyabrida — 21 yil muqaddam. Terrorchilar qo‘lga olgan samolyotlar minoralarga borib urilgan.

Yuqoridagi filmning premerasi Chernobil AES dagi avariya bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qoldi. Ko‘pchilikni shokka solgan tasodif bo‘lgandi. «O‘lik odamning maktublari» — yadroviy nizo oqibatlari haqidagi eng realistik film.

Chernobil AES, 1986-yil 26-aprel
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring