Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozodbek Nazarbekov: «O‘zbekkonsert»ni yetuk va malakali mutaxassis boshqaradi

Ozodbek Nazarbekov: «O‘zbekkonsert»ni yetuk va malakali mutaxassis boshqaradi

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri ma’lum qildi.

Vazirlikning ijro apparati rahbari, yetuk mutaxassis, o‘z ishining ustasi, mustaqil fikriga ega, prinsipial, madaniyati va ma’naviyati kuchli, to‘g‘riso‘z, shuningdek, hamkasblari bilan munosabatda diplomat, jamoaning manfaati yo‘lida o‘z shaxsiy manfaatlariga qarshi bora olishga qodir, vazirlikning umummaqsadi yo‘lida sobitqadam, munosib o‘rniga ega yosh rahbar Uzakov Jamoliddin Erkinovichga mas’uliyatli vazifa yukladik.

Turli masalalarda o‘z shaxsiy fikriga ega ekanligini, asosiysi, jamoa ahilligini ta’minlashda, bir maqsad yo‘lida mushtarak qilishda, o‘z ishiga jiddiy yondoshgan holda prinsipial pozitsiyadan turib muassasaning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishini inobatga olib Uzakov Jamoliddin Erkinovichni vazirlikda Ijro apparati rahbarligi bilan bir asnoda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinladik.

J.Uzakovning san’at sohasini rivojlantirishdek sharafli vazifani ado etishida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozadi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring