Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorovul salkam 1 million dollarlik rasmga ko‘z chizib qo‘ydi

Qorovul salkam 1 million dollarlik rasmga ko‘z chizib qo‘ydi

Foto: «Vesti»

Rossiyadagi «Yelsin Sentr» san’at galereyasi qo‘riqchisi (endi sobiq) vandalizmda ayblanib qo‘lga olingandi. U Kazemir Malevich (mashhur «Qora kvadrat» muallifi)ning shogirdi Anna Leporskaya ijodiga mansub «Uch figura» kartinasiga nega ko‘zlarni chizib qo‘yganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, jinoyatni amalga oshirishga ko‘rgazmaga kelgan o‘smirlar undagan. Ular hali birinchi ish kuni bo‘lgan qo‘riqchiga bu surat o‘zlariniki ekanini aytib, qo‘liga ruchka tutqazib, ko‘zlarni chizishni so‘rashgan. Hozircha bu taxmin, kuzatuv kameralari ob’yektiviga o‘smirlar tushmagan.

Tasviriy san’at asariga shikast yetkazgan shaxs Chechen urushining 63 yoshli veterani. Bir necha marta jarohat olgan, kontuziyaga uchragan, uchinchi guruh nogironi. «Jasorati uchun» medali bilan taqdirlangan.

Voqea o‘tgan yilning dekabr oyida yuz bergandi. Kartina 75 million rublga (salkam 1 million dollar) sug‘urta qilingandi, voqeadan so‘ng Tretyakov galereyasiga restavratsiya uchun yuborildi, tiklash 250 ming rublga tushadi. Rasmni buzgan shaxs esa 40 ming rublgacha jarima to‘lashi yoki uch oygacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring