Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yodgor Sa’diyevga yana bir mukofot topshirildi

Yodgor Sa’diyevga yana bir mukofot topshirildi

O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek Milliy drama teatri bosh direktori, rejissyor, aktyor Yodgor Sa’diyev Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan ijodkor ziyolilarning xalqaro forumi doirasida «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur mukofot Ijodiy va ilmiy ziyolilar forumida ustoz san’atkor Yodgor Sa’diyevga tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, Bahrom Norboyev «Debyutlar hamdo‘stligi» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

Aytish joizki, ushbu mukofot 2008 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, 2009 yili ilk bor o‘z sohiblariga taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring