Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 oyda «karta»ga tushgan pullarning 48 mlrd so‘mi naqdlashtirib olingan – Markaziy bank

3 oyda «karta»ga tushgan pullarning 48 mlrd so‘mi naqdlashtirib olingan – Markaziy bank

Yanvar-mart oylarida o‘zbekistonliklar bank kartalariga tushgan mablag‘larning 48 mlrd so‘mini naqdlashtirib olgan. Bu haqda Markaziy bankning  «Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh»ida ma’lum qilinadi.

Qayd etilishicha, 2024-yil yanvar-mart oylarida bank kartalariga 212 trln so‘m mablag‘lar kirim qilingan. Bu ko‘rsatkich 2023-yil mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshdi.

2024-yil 1-choragida bank kartalaridagi 48 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan. 2023-yil yanvar-mart oylarida bank kartalarga kelib tushgan mablag‘larning 24 foizi naqdlashtirib olingan bo‘lsa (2022-yil yanvar-mart oylarida 28 foizni), bu ko‘rsatkich 2024-yilda 23 foizni tashkil etdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring