Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aeroportda «qo‘lga olingan» timsoh bolalari Misrdan keltirilayotgan bo‘lgan – Ekoqo‘mita

Aeroportda «qo‘lga olingan» timsoh bolalari Misrdan keltirilayotgan bo‘lgan – Ekoqo‘mita

Bir muddat oldin Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 54 dona timsoh bolalarining sabzavotlar solingan idishlarda O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga urinilgani haqida xabar berilgan edi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati ushbu timsoh bolalarining soni 57 dona ekanini hamda ular Qo‘mita va «Toshkent-AERO» chegara veterinariya posti xodimlari tomonidan Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tashqi ko‘rinishi Nil timsohi – Crocodylus niloticus’ga o‘xshash timsoh bolalari Qohira (CAI) - (TAS) Toshkent 401-sonli reys bilan uchib kelgan fuqaro M. S. ning yuklari orasidan topilgan.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring