Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aksilmonopol» qo‘mitaning raisi ishdan olindi

«Aksilmonopol» qo‘mitaning raisi ishdan olindi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Shoxrux Sharaxmetov boshqa ishga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9-noyabrida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Raqobat qo‘mitasi faoliyatini yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi uchun tanqid qilgan va qo‘mita raisi Sh.Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring