Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtolizing firmalar ustidan 2 mingga yaqin shikoyat tushgan – Raqobat qo‘mitasi

Avtolizing firmalar ustidan 2 mingga yaqin shikoyat tushgan – Raqobat qo‘mitasi

O‘tgan yillar davomida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga avtomobillar uchun oldindan to‘lovlarni amalga oshirgan, biroq belgilangan muddatda avtomobil yetkazib berilmagan yoki to‘langan pullar qaytarib berilmayotganligi holati bo‘yicha 2000 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur murojaatlarning asosiy qismi «Umid avto companies» MChJ, «Orient Avto-Lizing» MChJ va «Imkon Avto» MChJ, «Mega Auto Lizing» MChJ, «Avto 60-Oy» MChJ, «Avtohamkor 0 Foiz» MChJ va boshqa korxonalar xissasiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, mazkur korxonalar iste’molchilarning pul mablag‘larini qisqa muddatda yangi avtomobil olib berish va’dasi bilan jalb qilib, o‘z majburiyatlarini boshqa iste’molchilardan jalb qilingan mablag‘lar evaziga qoplash va iste’molchilardan olingan pullarni qaytarishni bir yildan ortiq muddatga kechiktirish (ushlab turish) kabi holatlarga yo‘l qo‘ymoqda.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan «Umid auto leasing», «Umid lizing Tashkent», «Umid auto»,«Umid avto Tashkent», «Umid avto lizing», «Mega Avto Leasin-Hamkor», «Mega Avto Leasin», «Samo Rimmax Avto”, «Rimmax Auto Leasin», «Ishonch Auto Leasin», «Asr Auto Leasin», «Baraka Avto Baraka Business» MChJlar mansabdor shaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

«Biroq, bugungi kunda bu kabi korxonalar mansabdor shaxslari tomonidan iste’molchilarni chalg‘itish yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan pul mablag‘larini jalb qilish kabi huquqbuzarliklarni davom ettirmoqda hamda ular faoliyati ustidan iste’molchilardan ko‘plab shikoyat arizalari kelib tushmoqda.

Qolaversa, «Avto 60-Oy» va «Avtohamkor 0 Foiz» kabi aholini millardlab pullarini o‘zlashtirgan avtolizing firmalar haqida juda ko‘p marta gapirilgan bo‘lsada, ayrim fuqarolarimiz xamon bunday firmalar aldoviga ishonmoqda», – deyiladi Qo‘mita xabarida.

O‘z navbatida, Qo‘mita fuqarolardan avtolizing firmalar bilan shartnoma tuzish (imzolash) va ularga pul to‘lashdan avval shartnoma shartlari bilan yaxshilab tanishib chiqishni hamda firma ishonchliligini axborot manbalaridan tekshirib ko‘rishni tavsiya qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring