Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyadagi vatandoshning kitobi xalqaro sovringa sazovor bo‘ldi

Britaniyadagi vatandoshning kitobi xalqaro sovringa sazovor bo‘ldi

Buyuk Britaniyadagi Sharqiy Angliya universiteti (University of East Anglia) o‘qituvchisi Sherzod Mo‘minovning 2022-yil Harvard universiteti nashriyoti tomonidan chop qilingan kitobi Jon Uitni Xoll mukofotiga ega bo‘ldi.

Xoll mukofoti ma’lum bir yilda «ingliz tilida chop qilingan Yaponiya haqidagi eng yaxshi kitob»ga beriladigan sovrindir. Mukofot AQShda yaponshunoslikka asos solgan olim, Yel universiteti professori Jon Uitni Xoll sharafiga nomlangan.

Taqdirlash marosimi AAS yillik konferensiyasida bo‘lib o‘tadi. Konferensiya dunyo osiyoshunoslarining eng katta yig‘ilishi hisoblanib, unda 3 000 dan ortiq kishi ishtirok etadi. Konferensiya AQShda, xususan Toshkent bilan birodarlik aloqalariga ega Sietl shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, kitob 1945-1956 yillar oralig‘ida sovet ittifoqida asir bo‘lgan yaponlar tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, Sherzod Mo‘minovning 2015-yili Kembrij universitetida himoya qilingan PhD dissertatsiyasiga asoslangan.

Avvalroq Sherzod Mo‘minov bilan nashrimizda intervyu e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring